Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Stomatologiya fakulteti

Stomatologiya fakulteti dekani

Tulanov Dilshodbek Shomirzayevich

Stomatologiya fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

E-mail:  tulanov_dilshodbek@umail.uz, tulanov_dilshodbek@mail.ru

Tel: +99891-611-90-07

 

1992 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1999-yili Yaroslav tibbiy Medisina akademiyasining Anatomiya kafedrasida, akademik M.Sapin rahbarligida “Postnatal ontogenezda odam bosh miyasi tepa sohasining morfometrik xususiyatlari va 39-maydon sitoarxitektonikasi” nomli nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 1997-yil Operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasiga katta oʻqituvchi lavozimiga, 2005-yili fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursiga dotsentlik lavozimiga tayinlandi. 2009-2013-yillarda fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursi dotsenti hamda o’rindoshlik asosida pediatriya fakulteti dekan muovini lavozimlarida ish olib bordi. 2014-201-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2015-2016-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali direktori lavozimida ishladi. 2016-yil dekabr oyidan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:

  1. Xorij tillar kafedrasi
  2. Patologik fiziologiya kafedrasi
  3. Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi
  4. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi
  5. Propedevtik stomatologiya kafedrasi
  6. Terapevtik stomatologiya kafedrasi
  7. Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi
  8. Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi
  9. Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi
  10. Otorinolaringologiya kafedrasi
  11. Nevrologiya kafedrasi
  12. Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi
  13. 1-Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi
  14. Onkologiya tibbiy radiologiya kafedrasi

 

Mutaxassislik kafedralari soni 5 ta:

  1. Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi (viloyat stomatologiya poliklinika binosida joylashgan);
  2. Jarrohlik stomatologiyasi (Andijon viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, “Furqat” shifoxonasi 2-qavatida joylashgan);
  3. Propedevtik stomatologiya kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);
  4. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);
  5. Terapevtik stomatologiya kafedrasi (Gumbaz parxez taomlari yonidagi, xususiy klinikasida joylashgan).

 

Xozirgi kunda stomatologiya fakultetida:

 

1.Dekan – Tulanov Dilshodbek Shomirzayevich

2.Yoshlar masalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari – Mahmudov Xushnudbek Shoyatbekovich

3.O’quv ishlar bo’yich dekan o’rinbosari – Musaev Nozimjon Ro’zibayevich (1-4 bosqich)

4.O’quv ishlar bo’yich dekan o’rinbosari – Qurbonov Xasanboy Asqarovich

(5 – bosqich)

5.Dekanat uslubchisi – Tadjiboeva Moxizoda Kamiljanovna

6.O’quv ishlari bo’yicha dispetcher – Valiyeva Nargiza Adiljanovna

7.Dekanat ish yurituvchsi – Boxodirjonova Maxpura

8.Dekanat ish yurituvchsi – Abduraximov Shuxratbek lar faoliyat olib borishmoqda.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!