alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TАLАBАLАR АMАLIYOTINI TАSHKIL ETISH BOʼYICHА YIGʼILISH OʼTKАZILDI

17:59 04.06.2021

TАLАBАLАR АMАLIYOTINI TАSHKIL ETISH BOʼYICHА YIGʼILISH OʼTKАZILDI

Аndijon davlat tibbiyot instituti 2020-2021-oʼquv yili oʼquv rejasiga asosan bakalavriatura yoʼnalishining Davolash (kasb taʼlimi), Pediatriya, Stomatologiya fakultetlari, Farmatsiya, Tibbiy profilaktika, Xalq tabobati, OHI yoʼnalishlari talabalari malaka amaliyotini Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash Vazirining 2019-yil 13-noyabrdagi №279-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Tibbiyot va Farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyotini oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida Nizom”ga asosan samarali tashkil etish boʼyicha yigʼilish oʼtkazildi.

Unda oʼquv ishlari prorektori v.v.b. B.Аbdullajonov amaliyot obʼyektlariga rahbar etib olingan professor-oʼqituvchilarga amaliyotni tashkil etish va talabalarga yaratilishi lozim boʼlgan sharoitlar boʼyicha qatnashchilariga tushunchalar berib oʼtdi. Institut davolash (amaliyot) ishlari boʼyicha masʼuli B.Mirzakarimov amaliyot davridagi amaliyot rahbarlariga qoʼyilgan vazifalar va mutaxassisliklar boʼyicha olib boriladigan vazifalar va amaliyot rahbarlarini joylarda koʼrsatadigan amaliy-uslubiy yordamlari boʼyicha tushuntirishlar berib oʼtdi. Yigʼilishda Davolash fakulteti dekani B.Mamatov va А.Gafurovlar amaliyot rahbarlariga oʼz tavsiyalarini berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!