Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALAB VA IJRO MAS’ULIYATI

13:55 13.04.2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli hamda Prezidentimizning 2017 – yil 11-apreldagi 2811-sonli Qarorlarida ijro mas’uliyatini yanada oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur qarorlarda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashning  aniq  yo‘nalishlari, ish yuritish tizimi, har bir xodimning hujjat yuritishdagi vazifalarini ko‘rsatib berilishi  faoliyatimizning to‘g‘ri tashkil etilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ijro muddati va biriktirilgan mas’ulning vazifalari rahbar tomonidan qo‘yilgan vazifalarda o‘z aksini topadi. Bo‘limimiz xodimlarining asosiy vazifasi esa har bir hujjatni belgilangan muddatlarda qayd etish, rahbarga taqdim etish va rahbar tomonidan qo‘yilgan topshiriq asosida biriktirilgan mas’ullarga yuborish hamda ijrosini nazorat qilib borishdan  iborat. Shu tariqa institutda hujjatlar bilan  ishlash jarayoni muvofiqlashtirilib boriladi.

Bu borada olib borilayotgan ishlarimizni tashkil etishda esa nazorat kartochkalarining yuritilishi ham muhim rol o‘ynaydi.  Biz nazorat kartochkalari orqali har bir hujjatning bajarilish holati haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz.  Agar hujjat belgilangan muddatda  bajarilgan bo‘lsa, u nazoratdan chiqariladi. Bu tizimning mazmuni va mohiyatini esa har bir institut xodimi yaxshi bilishi zarur.

Shu maqsadda birgina 2021-yil davomida 6 marotaba seminar tashkil etildi va mazkur seminarlarda institut xodimlariga ish yuritish jarayonidagi yangiliklar,hujjatlarni yuritish qoidalari haqida  tushunchalar berib borildi.

Bugungi kunda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayoni dolzarb bo‘lib bormoqda.Bundan tashqari, normativ-huquqiy  hujjatlar bilan ishlash jarayoniga “Ijro.gov. uz” tizimi tadbiq etilmoqda. Bu tizimning afzalligi shundaki, u birinchi navbatda qog‘ozbozlikka chek qo‘yadi va hujjat yuritish tizimini elektronlashtirish imkonini beradi.

2022-yilning birinchi choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 317 ta, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 61 ta buyruqlari hamda turli tashkilotlardan kelgan 137 ta xatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning 25 ta murojaatlari  qayd etildi va ularning barchasi biriktirilgan mas’ullar tomonidan ijrosi ta’minlandi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida 855 ta chiqish xatlari qayd etilib, ular mutasaddi vazirlik  va tashkilotlarga jo‘natildi. Bundan tashqari,bo‘limimiz tomonidan  370 ta ma’lumotlar taqdim etildi.

Bugun normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash uchun biriktirilgan har bir xodimga katta mas’uliyat yuklanmoqda. Bo‘limimiz xodimlari esa  o‘zlarining zimmalariga biriktirilgan vazifani teran his etgan holda ish olib bormoqda.

Maxpuraxon Qaharova,

Andijon davlat tibbiyot instituti

devonxona va arxiv bo‘limi boshlig‘i

 

Skip to content Click to listen highlighted text!