Andijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Stomatologiya fakulteti va tibbiy profilaktika yo‘nalishida taxsil olayotgan qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda kengash raisi G.Xolmatova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida qizlarning Talabalar turar joyi va ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, turmushga chiqqan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, darsda ishtirok etishlariga ko‘maklashish, ehtiyojmand oila farzandlariga moddiy yordam ko‘rsatish borasida keng tushuntirildi. Shuningdek, o‘z o‘rnida qizlarning institut ichki-tartib qoidalariga amal qilgan holda kiyinishlari, turar joy va ijara xonadonlarda ozodalikka rioya qilishlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.