Joriy yilning 20-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida faol talaba-qizlar ishtirokida “Yoshlar oyligi” doirasida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, mantiqiy savol-javoblar, salat tayyorlash va dasturxon bezash mahoratlarini namoyish etish hamda erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Hakamlar hay’ati a’zolari: Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, Stomatologiya fakulteti dekan o‘rinbosari X.Mahmudov tomonidan talaba-qizlarning har bir shartdagi ishtiroki 5 ballik tizimda baholandi.
Yakunda, ishtirokchi qizlar:
Mohlaroy Nuriddinova – “Eng sarishta qiz”;
Ro‘zixon Mirodilova – “Eng mohir pazanda”;
Gulnoza Sheraliyeva – “Eng latofatli qiz”;
Omina Mamarayimova – “Eng zukko qiz”;
Oyshagul Bahromova “Eng iste’dodli qiz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Tanlovning mutloq g‘olibi Hayotxon Obloyorova bo‘ldi.
Ular institut rahbariyati tomonidan amaldagi stipendiyaning bir barobari miqdoridagi vaucherlar bilan rag‘batlantirildi.