Talaba qizlarning davra suhbati

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida institut xotin-qizlar qo‘mitasi hamda institut psixologi hamkorligida «Qizlarning jamiyatdagi o‘rni» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatiga Andijon otin oyisi Sh.Qosimova, viloyat qaynonalar maktabi direktori Z.Tillayeva, “Oila” ilmiy markazi Andijon shahar bo‘limi mutaxassisi Z.Xolbekovalar taklif etildilar.

Davra suxbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Jo‘raeva ochib, yoshlarni oilaga tayyorlash, oilaning ijtimoiy, iqtisodiy, ahloqiy va huquqiy tomonlari to‘g‘risida fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyat bosh otin oyisi Sh.Qosimova, viloyat qaynonalar maktabi direktori Z.Tillayeva, “Oila” ilmiy markazi Andijon shahar bo‘limi mutaxassisi Z.Xolbekovalar so‘zga chiqib ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roli, ularning mavqeyini yanada mustahkamlash uchun e’tibor berish zarur masalalar xususida ma’lumotlarni aytib o‘tdilar.

Institut psixologi O‘.Arziqulov nikox shartnomalari, oilada muloqot odobi, oilada ayollarning haq-huquqlari, oilaning iqtisodiy funksiyalari, hissiy va emotsional munosabatlar to‘g‘risida o‘zining tavsiyalarini berdi.

Tadbirda talaba qizlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

161