alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati

18:07 15.01.2020

  Andijon davlat tibbiyot institutida “Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida   suhbat o‘tkazildi. Ichki ishlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati avvalida voyaga etmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari, jinoyatlarning ayanchli oqibatlari mavzusidagi viderolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov tadbirga tashrif buyurgan ichki ishlar xodimlarini tanishtirdi va so‘zni Andijon viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Ya.O.Abdulxaqovga berdi.

Polkovnik Ya.O.Abdulxaqov talabalarni ochiq muloqotga chaqirdi va talaba-yoshlarlar, ayniqsa ijarada yashovchi talabalar doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlab o‘tdi. Ularning ijtimoiy maishiy ahvoli, xonadon holati va uy egalari shaxsi, ta’lim muassasasiga qatnashi xamda turli salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun zarur chora-tadbirlar belgilanishi zarurligi yuzasidan fikrlar bildirdi.

Yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, etuk mutaxassis bo‘lib etishish, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi xususida so‘z yuritdi.

Davra suhbatida so‘z olgan Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik M.M.Mamirjonov viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi.

Bugungi kunda ayrim yoshlar tomonidan sodir etilayotgan o‘g‘irlik, telefon va internetdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, firibgarlik, mayda talon-tarojlik kabi jinoyatlar, Andijon shahri hududida voyaga etmagan yoshlar tomonidan xuquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishib, ularni ogohlik va hushyorlikka chaqirdi.

         ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!