Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH HAMDA ULARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH” MAVZUSIGA BAGʻISHLANGAN OʻQUV-SEMINAR BOSHLANDI

21:33 20.05.2022

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida oliy taʼlim muassasalarining 130 nafardan ortiq yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari uchun “Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning huquqiy madaniyatini oshirish” mavzusiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boshlandi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ishtirok etmoqda.

Mazkur seminar yoshlar tarbiyasiga masʼul rahbarlar faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda Prezident Administratsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa qator tashkilot hamda idoralar mutasaddilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Ikki kunga moʻljallangan oʻquv-seminarda yoshlarga oid davlat siyosatida yangi tashabbuslar, oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari, talaba-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi, takliflar tinglanadi, muammolar muhokama qilinadi.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilan ishlashda yetakchilarning oʻrni kabi bir qancha masalalar yuzasidan ham mutassaddi rahbarlar oʻz maʼruzalari bilan chiqish qilishadi. Oʻquv seminar oʻz ishini 4 ta shoʻʼbaga boʻlingan holda, 21-may kuni ham davom ettiradi.

Edu.uz rasmiy kanalidan foydalanildi

Skip to content Click to listen highlighted text!