alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABAGA MUVAFFAQIYATLAR YARASHADI

22:03 28.02.2022

Doimo izlanishda va harakatda boʻlgan yoshlarimiz hukumatimiz eʼtiborida. Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot institutining uch nafar talabasi nomdor stipendiyalar sovrindori, bir nafari esa “Yil talabasi – 2021” tanlovi gʻolibi boʻldi. Bugun Ilmiy kengashlar zalida mazkur yoshlarimizni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan institut rektori M.Madazimov har bir yoshga berilayotgan imkoniyatlar tengligi, oʻz ustida ishlagan oʻgʻil-qiz cheksiz muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligi, talabalarimizning oʻqishdagi faolliklari, konferensiyalar va fan olimpiadalaridagi ishtiroki toʻgʻrisida batafsil taʼkidlab oʻtdi.

Taqdirlangan stipendiantlar va tanlov gʻoliblari qatori ularning ota-onalari va birinchi ustozlari ham tashakkurnoma bilan qutlandi. Farzandi va oʻquvchisining erishayotgan yutuqlaridan ruhlangan tadbir ishtirokchilari oʻz minnatdorliklarini bildirdilar.

Bugun barcha talabalarga oʻrnak boʻlayotgan talabalarimiz toʻgʻrisida, ularning fikrlari haqida videoroliklar va bannerlar tayyorlandi. Ular ishtirokida davra suhbatlari ham oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kasb taʼlim yoʻnalishining 6-bosqich talabasi Durdonabegim Zaynobiddinova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Pediatriya fakultetining 6-bosqich talabasi Zebiniso Inakova Ibn Sino nomli, Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabasi Abduqodir Yoʻldoshev Islom Karimov nomli stipendiyasi sohibi va Akmaljon Azimov “Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!