Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov Davolash fakulteti hamda Kasbiy taʼlim yoʻnalishining talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda institut tartib-intizomi, karantin va gigiyena qoidalariga amal qilish, kiyinish odobi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi. Shuningdek, suhbat davomida Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash, darslarda muntazam ishtirok etish, talabalar turar joyi va xonadonlarda texnika xavfsizligiga qatʼiy amal qilish kabi mavzularda ham soʻz bordi.