Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.b. S.Salohiddinovning navbatdagi uchrashuvi Davolash fakultetining 2-bosqich talabalari bilan oʻtkazildi. Shuningdek, uchrashuvda fakultet dekani B.Mamatov, psixolog Oʻ.Arziqulov ishtirok etdi.
Suhbat davomida institut ichki tartib qoidalari, kiyinish odobi, modul-kredit tizimi borasida maʼlumotlar berib oʻtildi. Darslarda faol ishtirok etish, talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida texnika xavfsizligiga rioya qilish, Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash, salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik kabi muhim mavzularda ham soʻz bordi.
Oʻz oʻrnida talabalar ham savollariga batafsil javob oldilar.