Andijon davlat tibbiyot institutning barcha ta’lim yo‘nalishlari 2-6-kurs hamda magistratura mutaxassisliklari 2-3-kurslarida 2020-2021 o‘quv yil o‘quv jarayoni 2020-yil 2-sentyabrdan masofaviy ta’lim platformasi orqali boshlandi. Masofaviy ta’lim platformasida olib borilayotgan mashg‘ulotlar offlayn mashg‘ulotlar bilan tenglashtirilganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393 –sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-ilova, 5-bob, D punktiga asosan talaba “Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli” talabalar safidan chetlashtiriladi.
Institut ma’muriyati