Bugun, 17-iyul kuni, Andijon garnizonidagi harbiy qism hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida harbiylashtirilgan estafeta o‘tkazildi.


Mazkur tanlovda institut talabalaridan iborat 4 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Arqon tortish”, “Turnikda tortilish”, “Qurol yig‘ish” va “Birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish” kabi to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy faollik, chaqqonlik yetakchilik kabi ko‘nikmalarini namoyon etdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni “Implant” jamoasi
2-o‘rinni “Farm 1” jamoasi
3-o‘rinni “Burgutlar” jamoasi egalladi.
G‘olib jamoalar diplomlar, institut rektoriga esa hamkorlik uchun tashakkurnoma topshirildi.


Tantanali tadbir davomida harbiy qism Harbiy orkestri, Faxriy qorovul hamda muddatli harbiy hizmatchilari tomonidan qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi.
Mazkur musobaqa yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyati kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.



