Andijon davlat tibbiyot institutida Butunjahon talabalar kuni munosib nishonlanmoqda.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan Talabalar turar joyida doshqozonda osh va koʻngilochar tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida malakali oshpazlar tomonidan katta doshqozonda osh damlandi. Taomlar shohi pishguniga qadar talabalar uchun koʻngilochar konsert dasturi oʻtkazildi. Unda barcha yoshlar qatori institute rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim rahbarlari, tyutorlar ham ishtirok etdilar. Iqtidorli talabalarimiz tomonidan kuylangan qoʻshiqlarga hamma mazza qilib raqsga tushdi.
Konsert dasturi davomida rektor va fakultet dekanlari uchun osh tanlovi ham o’tkazilib, unda havaskor oshpazlar o’z mahoratlarini namoyish etishdi. o’yin-kulgudan so’ng talabalarga osh ulashildi. Hamma bir dasturxon atrofida bayramni davom ettirdi.