TALABALAR MALAKA AMALIYOTI O‘TASHMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR MALAKA AMALIYOTI O‘TASHMOQDA

16:33 27.06.2024

Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot institutining barcha fakultet va yo‘nalishlari talabalari malaka amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 13-iyundagi  202-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish  to‘g‘risida”gi buyruq  bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga asosan tashkil etilib yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

O‘quv rejaga asosan 5-bosqich talabalariga Oila shifokori yordamchisi vazifasi yuklatilgan bo‘lib Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Davolash fakultetining 5-bosqich talabalariga amaliyot rahbari S.Kityan bilan birgalikda institutning simulyatsion o‘quv-markazida Oila shifokorlari bajarishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalarni simulyatorlarda bajardi.

Bu talabalarning amaliy ko‘nikmalarini o‘zlarida yana ham shakllantirishlariga keng imkoniyat yaratdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!