Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi barcha davlat va nodavlat telekanallarda, yetakchi internet kanallarida jonli efirga uzatildi. Murojaatnomani barcha birdek qiziqish bilan tingladi.
Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur murojaatnomani talabalar ham kuzatib bordilar.
Murojaatnomadan soʻng psiolog Oʻ.Arziqulov talabalarga Prezidentimiz tomonidan eʼtibor qaratilgan sohalar, 2022-yil yakunlari va 2023-yil amalga oshirilajak ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati, yangi 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinganligi, korrupsiyasiz sifatli taʼlimga boʻlgan eʼtibor borasida qisqacha tushunchalar berib oʻtdi.