Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“-TALABALAR NAZORATIGA BARCHAMIZ MASʼULMIZ!”

21:30 28.10.2021

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ijro intizomi boʻyicha onlayn videokonferensiya oʻtkazdi. Videokonferensiyada Andijon davlat tibbiyot institutining rektori, prorektorlari, dekan va uning oʻrinbosarlari, xotin-qizlar maslahat kengashi  raisi va uning oʻrinbosarlari, guruh tyutorlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida oliy taʼlim muassasalarida ijro intizomi, rahbarlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar munosabatlari, darslarda talabalarning faolliklari borasida soʻz bordi. Shuningdek, talabalar turar joyida, ijarada yashovchi talabalardan boxabar boʻlish, ularning boʻsh vaqtlarini nazoratga olish, ularning ota-onalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, havo haroratining pasayotganligini inobaga olgan holda talabalar oʻrtasida texnika xavsizligi borasida tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha dekan, ularning oʻrinbosarlari hamda tyutorlarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!