Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR OʻZ NOMZODIGA OVOZ BERISHDI

12:43 22.09.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hisobot-saylovi boʻlib oʻtdi.

Dastavval Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Humoyun Qoʻchqorov “2021-2022-oʻquv yillari mobaynida institut boshlangʻich tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar” toʻgʻrisida hisobotini taqdim etdi. Mazkur oʻquv yili davomida 100 nafardan ziyod guruh sardorlari isteʼdodli yoshlar bilan ishlab kelishmoqda. 150 nafardan ziyod faol talabalar turli toʻgaraklar faoliyatida ishtirok etishmoqda. Yaʼni boshlangʻich tashkilot qoshida “Yosh volontyorlar” , “Yosh gitaristlar”, “Shaddot qizlar”, “Shifokorlar” teatr studiyasi jamoasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” kabi toʻgaraklar mavjud boʻlib, unda talabalar turli tadbir va tanlovlarda munosib qatnashishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, “Yosh volontyorlar” jamoasi bir necha yildirki, viloyatimizning har bir tumanlaridagi eng chekka xududlarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilish boʻyicha targʻibot dasturlarini olib borishmoqda. “Shifokorlar” talabalar tetr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi tanlovlarning final bosqichlarida ham ishtirok etib kelishmoqda.

Hisobotdan soʻng talabalar institut boshlangʻich tashkiloti yetakchisi uchun qoʻyilgan 3 nafar (Terapiya yoʻnalishining 2-bosqich magistri Humoyun Qoʻchqorov, Pediatriya yoʻnalishining 2-bosqich magistri Dilmurod Nazirov hamda Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabasi Fayzullo Xodjimatov) nomzodlarga ovoz berdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, 66 % ovoz bilan Humoyun Qoʻchqorov institut boshlangʻich tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!