alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar san’atga oshno bo‘ldilar

10:52 27.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya  va  klinik  anatomiya  kafedrasida  Prezidentimiz  Shavkat Miromonovich Mirziyoyev    tomonidan  ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus  ijrosiga  bag‘ishlangan tadbir  o‘tkazildi.


Tadbirda  davolash  ishi  yo‘nalishi  203-, 205-guruh talabalari, pediatriya  yo‘nalishining  105-, 203-guruh talabalari, tibbiy proflaktika ishi yo‘nalishining 203-guruh  talabalari  ishtirok etishdi.


Tadbir 5 ta muhim tashabbusning 1-yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan  sahna  ko‘rinishini  ijro etdilar. Tadbir davomida qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Guruh rahbarlaridan Lutfullo Vahobov, Hakimaxon Abdunabieva, Rustamjon Ubaydullaev, Minora Solievalar rahbarligida tayyorlangan tadbir davomida bo‘lg‘usi shifokorlar o‘z iste’dodlarini namoyish etish bilan birga adabiyot, san’atga oshno bo‘ldilar, mazmunli dam olishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!