Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYI RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANILDI

12:15 31.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-martdagi “Talabalar turar joylarida ijtimoiy ma’naviy muhit holatini o‘rganish va uning faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyi respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Talabalar turar joyida ijtimoiy ma’naviy muhit, talabalarning darsdan so‘ng mashg‘ulotlar olib borishlari, ma’naviyat xonalari, Axborot resurs hamda Axborot texnologiya markazlari, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlar, oshxona, sport zallari, yotoqxona va boshqa shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Maskanda tashkil etilgan tikuvchilik, pazandachilik, to‘qish kabi to‘garaklarning faoliyati ham o‘rganildi.

Shuningdek, ishchi guruh tyutorlar, tarbiyachilar hamda xorijiy talabalar bilan bevosita suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida ularning erishgan natijalari qatorida muammo va kamchiliklari, fikr-mulohazalari ham tinglandi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!