Pediatriya fakulteti dekan oʻrinbosari K.Baydullayev va Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi mudiri M.Gʻaniyeva boshchiligida kafedra xodimlari tomonidan «Talaba- yoshlarda millatlararo totuvlikni shakllantirish» mavzusida kafedra kuni oʻtkazildi.
Tadbirda kafedra xodimlari, pediatriya fakulteti tyutorlari va xorijiy talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi kunda oʻzbek yoshlari qatori xorijiy talabalarga ham berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularning orasida ham madaniy-maʼrifiy, sanʼat, tibbiyot sohasida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar ortayotgani haqida alohida taʼkidlab oʻtildi.