Bugun, ko‘p talabalarga talabalar turar joyi uchun yo‘llanma berildi. Shu munosabat bilan uzoq hududdan keluvchi talabalarning 3-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosida joylashgan Ma’naviyat xonasiga kelishi so‘raladi.
Ular o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari zarur:
🔘4 ta rasm (3/4);
🔘pasport nusxasi;
🔘Hujjatlar yig‘ma jildi (delo);
🔘yo‘llanma ( my.gov.uz) saytidan olingan;
🔘shartnoma (u ham my.gov.uz saytidan olingan).
Shartnomada belgilangan to‘lov (bir yillik). Shu hujjatlar bilan kelgan talabalarga Talabalar turar joyi uchun ruxsatnoma beriladi va xona ajratiladi.
Murojaat uchun mas’ullarning telefon raqamlari:
Durbek Matmusayev – 930682747
Yulduzxon Valiyeva – 999059092
Shuningdek, ertaga “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” ham murojaatlarni qabul qiladi.