Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov talabalar turar joylarida bo‘lib, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari tyutorlar va talabalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda talabalarni darslarda o‘z vaqtida ishtirok etishlari va darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarini to‘garak mashg‘ulotlari hamda kitob o‘qish orqali mazmunli o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi. Internet tarmog‘idan foydalanishda ehtiyot bo‘lish, turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan besamar foydalanish natijasida ko‘p vaqtini besamar ketkazmasliklari haqida ogohlantirdi.
Shuningdek, talabalar turar joyida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, bir birlari bilan o‘zaro hurmatda munosabatda bo‘lish, yashash xonalari va talabalar turar joyini ozoda saqlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Talabalarni doimiy tarzda nazorat qilish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish yuzasidan tyutorlarga topshiriqlar berildi.