TALABALAR TURAR JOYLARI TALABLARNI QABUL QILISHGA SHAY – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYLARI TALABLARNI QABUL QILISHGA SHAY

17:05 06.09.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bilan taʼminlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, institutda 1554 o‘rinli 4 ta talabalar turar joylari faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 tasi 500 o‘rinli Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilgan. 2024-yil yakuniga qadar yana  1 ta 400 o‘rinli Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Institutning talabalar turar joylari binolarida axborot resurs markazining filiallari mavjud. Talabalar turar joyining binolari yashash xonalari, madaniy dam olish xonalari zamonaviy, yumshoq mebellar bilan jihozlangan. Stol va stullar bilan jihozlangan oshxonalar sanitariya-gigiyena talablariga to‘la javob beradi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun “5 ta muhim tashabbus” xonalari, sport zal, talaba-qizlarning hunar o‘rganishlari uchun tikuvchilik to’garak xonalari mavjud.

Institutda 2024-yil 5-avgust kunidan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan namuna asosida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” faoliyat boshlagan.  Markazda “Infokiosk” lar tashkil etilgan bo’lib, unda mavjud ma’lumotlar talabalar va ota-onalarga qulaylik yaratmoqda.

Bugungi kunga qadar 149 ta ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Ularga 1100 nafardan ortiq talaba joylashtirildi.

Ayni paytda institutga yangi qabul qilingan 1-bosqich, 2-bosqich va yuqori kurs talabalaridan jami jami 1339 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib billing.edu.uz platformasi orqali ustuvorliklar bo‘yicha  talabalarga yotoqxonaga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilib, arizalar ko‘rib chiqilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!