Andijon davlat tibbiyot instituti 2-o’quv binosida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi rahbari S.Asqarov, xotin-qizlar boʻyicha maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari, kafedralarning maʼnaviyat-maʼrifat boʻyicha masʼullari, tyutorlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar.
Maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi rahbari, xotin-qizlar boʻyicha maslahat kengashi raisi soʻz olib, joriy yil 24-oktabr kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovoldi jarayonlari, talaba-yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga jalb etish, saylov yangiliklari, unga kiritilgan oʻzgartirishlar, dars jarayonlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, guruhlardagi kam taʼminlangan, himoyaga muxtoj talaba-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, institut ichki tartib qoidalariga amal qilish borasida maʼlumot berib oʻtdilar.
Tadbir soʻnggida ishtirokchilar mavzu borasida fikr almashib, taklif va mulohazalar bildirildi.