«O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom»ga asosan davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari, kasb ta’limi (davolash ishi), tibbiy profilaktika, farmatsiya va OHI yunalishlari talabalarining o‘quv reja asosidagi yozgi ishlab chiqarish amaliyotini faol o‘tkazish maqsadida amaliyot ob’ektlariga biriktirilgan institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda institut pediatriya fakulteti dekani A.G’ofurov ishtirok etib, seminar qatnashchilariga amaliyotning ahamiyati va davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Institut davolash ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov talabalar amaliyotiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilgan ishlar, amaliyot muddati, vazifalari va o‘tkazish tartibi bo‘yicha seminar qatnashchilariga tushuntirib berdi. Seminar so‘ngida amaliyot rahbarlari kerakli hujjatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlandilar.