Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO’YICHA KOMISSIYA HAY’ATI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

15:11 12.10.2022

Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o’ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo’lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to’lanadigan oylik ijara to’lovining 50 foizi O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan to’lab berilmoqda.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot institutida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institut talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo’yicha komissiya hay’ati yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Abduhalimov hamda Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’lim boshlig’i D.Matmusayev institut talabalarining ijara shartnomalari tuzish jarayonlari, buning uchun zarur bo’ladigan xujjatlar topshirilish tartibi haqida batafsil aytib o’tdi. Shu kunga qadar ijara shartnomalariga ega bo’lgan, taqdim etilgan xujjatlari o’rganilayotgan talabalar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yig’ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 319 nafar talabalar ijara to’lovining bir qismi qoplab berilishi haqida kelishildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!