alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA KOMISSIYA HAY’ATINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

10:59 12.05.2023

Joriy yilning 11-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha komissiya hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan to‘lab berilmoqda.

Ayni shu qarorning ijrosi yuzasidan institutning Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni bo‘lim boshlig‘i D.Matmusayev yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Unga ko‘ra, institutning 916 nafar talabalariga oylik ijara to‘lovining 50 foizi to‘lab berilmoqda. Bo‘lim xodimlari tomonidan doimiy tarzda talabalarning ijara xonadonlariga borib, nazorat qilinmoqda. Yangi shartnomalar tuzish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Yakunda, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan aytilgan talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlar o‘rganilganda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan vazifalar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!