Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNING MALAKA AMALIYOTI BO‘YICHA YIG’ILISH O‘TKAZILDI

20:50 28.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyundagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi  namunaviy  Nizom”ga asosan 2021-2022-o‘quv yili rejasi bo‘yicha bakalavriatura yo‘nalishi talabalarini malaka amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda amaliyot rahbarligiga tanlab olingan 112 nafar institut professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘quv ishlari prorektori B.Abdullajonov so’z olib, talabalar malaka amaliyoti hamda hozirda amaliyotga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov esa amaliyot rahbarlariga amaliyotni tashkil etish va olib borish, hamda yuritiladigan xujjatlar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari malaka amaliyotni olib borish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!