alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ta’lim tizimida masofaviy o‘qitishning afzalliklari

16:45 05.12.2019

Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha asosiy hujjatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), internet va kompyuter tarmoqlari negizida tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlangan. Mamlakatimiz talim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash uchun keng ko‘lamda samarali qo‘llanilayotgan o‘qish jarayoni zamonaviy AKTlarga asoslangan masofaviy ta’lim tizimidir.

Masofaviy ta‘lim — o’qitishning yangi shakli bo’lib, u ta‘limning yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o’rtasidagi hamda tinglovchilarning o’zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta‘limning o’ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o’z maqsadiga, tanlangan ta‘lim muassasasining o’quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o’qitish metodlarining tashkiliy shakli va maxsus vositalariga ega bo’ladi. Andijon davlat tibbiyot instituti «Xorijiy tillar» kafedrasi fani professor-o’qituvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali «Tillar va ta’lim texnologiya» kafedrasining  professor-o’qituvchilari bilan ma’sofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda  on-line tarzda tibbiy profilaktika yo’nalishi   talabalari o’rtasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazishdi.

Masofaviy  amaliy mashg’ulotni Andijon davlat tibbiyot instituti «Xorijiy tillar» kafedrasi o’qituvchisi Dilbar Isroilova  va Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali «Tillar va ta’lim texnologiya» kafedrasi o’qituvchisi Sayyora Ismoilovalar “Microorganisms” mavzusi bo’yicha o’tkazishdi. Amaliy mashg’ulotda  «Xorijiy tillar» kafedrasi mudiri, dotsent Laziza Hudayberdiyeva,  kafedra katta o’qituvchilari Dilfuza Arziyeva, Irina Matveyevalar qatnashishdi. Talabalar mashg’ulot davomida mikroorganizmlar, ualarning turlari, odam organizmiga ta’siri haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.

Dilbar Isroilova

ADTI Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!