Ta’lim va ishlab-chiqarish integratsiyasi bo‘yicha kadrlar iste’molchilari bilan ochiq muloqot

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 24 oktyabrida oliy ta’lim tizimi muammolariga bag‘ishlangan majlisda ta’lim va ishlab-chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ta’limga kadrlar iste’molchilari va maxalliy  ishlab chiqarish korxonalarini jalb qilish yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida  institutning “Yo‘l xarita”si ishlab chiqildi. Unda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash, fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustaxkamlash maqsadida instititutning bitiruvchi kurs kafedralari mudirlari institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov boshchiligida  2018 yil 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassislari viloyat, shaxar, tuman davolash-profilaktika muassasalari bosh shifokorlari bilan  ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam  ilmiy markazining Farg‘ona filiali majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotni Farg‘ona VSSB boshlig‘i Umarov Odiljon Maxmudovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ng institut    o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov so‘zga chiqib, institutda mavjud fakultetlar, yo‘nalishlar, xozirgi kundagi o‘quv jarayoni, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar,  institutda yangi tashkil etilgan “O‘quv simulyatsion markaz”, talabalarning yozgi ishlab-chiqarish amaliyotini “Ustoz-shogird”tizimida tashkil etish,  xalqaro aloqalar, ilmiy-tadqiqot ishlari,   to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.

Shuningdek viloyatning tajribali mutaxassislarini intstitut o‘quv jarayoniga jalb etish, viloyatning zamonaviy tibbiy texnikalar va laboratoriyalar bilan  jixozlangan davolash-profilaktika muassasalarida talabalarning ishlab-chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritdi. Viloyat DPMlari bosh shifokorlarini institut bitiruvchi kurs kafedralariga tashrif buyurishlari va o‘quv jarayoni bilan tanishib borishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Ochiq muloqotda Farg‘ona VSSB bosh mutaxassislari, shifoxonalar bosh shifokorlari ADTI ni bitirib amaliyotda faoliyat olib borayotgan yosh kadrlarda yetishmayotgan bilim va ko‘nikmalari to‘g‘risida o‘z fikr muloxazalarini bildirdilar.

Ochiq muloqot yakunida Farg‘ona VSSB boshlig‘i Umarov Odiljon Maxmudovich so‘zga chiqib, viloyatdagi xar bir viloyat, shaxar va tuman tibbiyot birlashmalari bosh shifokorlariga 2019-yil davomida yosh kadrlarini mutaxassisliklariga mos ravishda institut kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishlarini ta’kidlab o‘tdi.

185