alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tanishing, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari. Asilbek Dilshodov: “Ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman”

10:12 30.06.2020

2019/2020 o‘quv yilida bir qator yutuqlarga erishdim. Jumladan,   Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Iqtidorli yoshlarning ilmiy ishlari va XXI asr tibbiyoti” mavzusidagi talabalar ilmiy jamiyatining Respublika 48-ilmiy-amaliy konferetsiyasida qatnashib sertifikat bilan taqdirlandim. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali tomonidan “Tibbiyot va ta’lim sifatini oshirishda innovatsiyalarning roli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida xam sertifikat bilan taqdirlandim.
Umuman olganda, ustozlarim ko‘magida 30 dan ortiq tezislar, 8 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari, 6 mahalliy va 8 xalqaro jurnallarda maqolar e’lon qilshga erishdim.
Respublika miqyosida o‘tkazilib kelayotgan Startup loyixalar tanlovlari, “Innovatsion g‘oyalar yarmarkalari”da faol ishtirok etib kelmoqdaman. “Taymerlidoriquticha”, “Stop TB”, “Quvnoqoyoqchalar”, “MedClein” kabi startuplar asoschisi bo‘ldim.

“Taymerlidoriquticha” liyixasi bilan startup tanlovining 4-bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Qanli diabet kasalligini erta tashxislash uchun savolnoma dasturini yaratdim.  Hozirda ustozlarim bilan qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan “Diabetik to‘piq” sindromi xastaligini oldini olish va davolash choralarini amalga oshirish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Joriy yil onlayn tarzda o‘tgan fan olimpiadasida tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili) fanidan faxrli 1-o’rinni olishim esa men uchan juda quvonchli voqea bo‘ldi. Buning uchun barcha ustozlarimga minnatdorchilik bildirman va ularning ishonchini oqlashga va’da beraman.

Dilshodov Asilbek Dilshodjon o‘g‘li 

ADTI  5-bosqich talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!