Andijon davlat tibbiyot institutida 2021-2022-o’quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalar uchun «Tanishtiruv haftaligi» davom etmoqda.
Tanishuv davomida talabalarga institutdagi ”Inkubatsiya va akseliratsiya markazi”, Simulyatsiya markazi hamda ARMning asosiy vazifalari, foydalanish qoidalari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ARMda mavjud adabiyotlar, elektron darsliklar hamda filialning professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan kitob va qo’llanmalar bilan tanishtirildi..