Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TARGʻIBOT ANDIJON TUMANIDA DAVOM ETDI

18:44 14.02.2022

“Yosh volontyorlar” jamoasi oʻz targʻibot dasturlarini Andijon tumanida davom ettirdilar. Ular bu gal “Qonji” tibbiyot birlashmasiga qarashli “Doʻstlik” MFYdagi Shifokor va Zarafshon koʻchasida boʻldilar.

Dastavval tibbiyot birlashmasi shifokorlari va hamshiralari bilan boʻlgan muloqotda bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi borasida suhbatlashdilar. Amaliy jarayonlar mavzuni yanada boyitdi.

Shundan soʻng talabalarimiz mahalla aholisi bilan muloqot olib borishda davom etdilar. Muloqot davomida sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish va vaksinatsiya jarayonlari koronavirus xavfining kamayishiga chora ekanligi borasida maʼlumot berdilar. Shuningdek, aholiga  “Omikron” shtammi va uning belgilari, oldini olishga qaratilgan tarqatma materiallarni ulashdilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!