Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TASHABBUS VA IMKONIYATLAR XALQIMIZ SALOMATLIGI UCHUN

18:53 28.04.2021

Aholi salomatligini har narsadan ustun bilgan institutimizning bir qator jonkuyarlari chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘riklarni tashkillashtirib kelmoqdalar. Bu gal ular Asaka tumanida bo‘ldilar. “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi mazkur tibbiy-ko‘rikda 14 xil mutaxassisliklardan iborat 22 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ko‘riklar 27-28-aprel kunlari tumanning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va To‘rttosh bo‘limlarida tashkil etildi.

Unda tumanning 1078 nafar aholisining salomatligi tekshiruvdan o‘tkazildi.. Ushbu fuqarolarning 219 nafari “Temir daftar”ga, 194 nafari “Ayollar daftari”ga va 124 nafari “Bolalar daftari”ga kiritilgan. Bemorlarga shifokorlar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbir davomida tuman aholisining 14 nafariga viloyat DPMlariga, 8 nafariga ADTI klinikasiga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Tibbiy himoyaga muxtoj bo‘lgan 6 nafar fuqarolarning uylariga borib tibbiy ko‘rik tashkil etildi, kerakli yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma ijtimoiy dorixona joylarga keltirildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!