Andijon davlat tibbiyot institutida tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 12 nafar talabgor va 7 nafar mustaqil izlanuvchilar 8 ta mutaxassislik bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.
Imtihon savollari papkasi barchaning ko‘z o‘ngida ochildi va jarayonlarni institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov hamda kafedra mudirlari nazorat qilib bordilar. Shuningdek, imtihonlar . Youtube va Facebook ijtimoiy tarmoqlarining http://facebook.com/0URIe7iulGc, https://www.youtube.com/0URIe7iulGc havolalari orqali online translyatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha chet tili fanlaridan kirish imtihonlari 2021-yil 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.