Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEXNIKUM BITIRUVCHILARINI OTM ga QABUL QILISH BO‘YICHA IMTIHON O‘TKAZILMOQDA

13:59 20.08.2024

Bugun, 20-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi 17-son qaroriga muvofiq texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2024/2025-o‘quv yili uchun institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlar avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov qabul komissiyasi a’zolari va suhbat o‘tkazadigan ustozlar bilan jarayonlarni adolatli va shaffof tarzda tashkil etish yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Unda imtihon o‘tkazish tartibi, belgilangan me’yorlar batafsil tushuntirildi.

Imtihon jarayonlari korrupsiyadan xoli, shaffof va adolatli olib borilishini taʼminlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan kuzatib borilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!