
Namangan shahridagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida «Tibbiy ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyasini qo‘llanilishi va axborot kutubxona markazining ochilish marosimi”ga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi Unda Andijon davlat tibbiyot institutining bir qator vakillari ham ishtirok etdi.
Texnikumda o’quvchilarning sifatli bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan asosiy bino va yotoqxona binolarini joriy ta’mirlangan va kameralashtirilgan.Shuningdek, zamonaviy, internet tarmog’iga ulangan Axborot kutubxona markazi tashkil qilindi.