Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Andijon davlat tibbiyot instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun suhbat asosida 2-bosqichga qabul qilish bo‘yicha talabgorlarning suhbat kuni, vaqti, o‘tkazilish joylari bo’yicha ma’lumotlar https://my.edu.uz/ ya’ni o’zlari hujjat topshirgan sayti orqali yuborildi.
Talabgorlar sayt orqali suhbat kunini bilib olishlari va shunga amal qilgan holda suhbatga kelishlari so‘raladi.
Kech qolgan yoki suhbatga kelmagan talabgorlar suhbatga kiritilmaydi yoki chetlashtiriladi.
Suhbatga talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari shart!