Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tibbiy hamda ta’lim turizmini rivojlantirish maqsadida Hindiston davlatining qator shaharlarida bo‘lib, u yerdagi oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot sohasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan klinikalari rahbarlari bilan hamkorlik masalalarida uchrashuvlar o‘tkazib, memorandumlar imzolamoqda.
Bugun, 17- aprel kuni ham Savitribai Phule Pune universiteti xalqaro markazi direktori, professor Vijay Khare bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida universitetining o‘quv-ilmiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, xalqaro aloqalari o‘rganilib, tajriba almashildi.
Yakunda, ikkita muhim yo‘nalish: Tibbiy injenering va Ayurverdik tibbiyot bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga oid memorandum imzolandi.