Xabaringiz bor ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Mazkur xizmat safari davomida tibbiyot sohasidagi yangiliklar o‘rganilib, hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 15-avgust kuni institut rektori va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov Klivlend klinikasining Ilmiy ishlanmalar va Innovatsiyalar bo‘yicha rahbari, professor Matthew Kroh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Professor klinikadagi innovatsiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar, strategiyasi, klinikaning tijoratlashtirishdan ishlab topilayotgan mablag‘lar, innovatsion mahsulotlari haqida taqdimot usulida tanishtirib o‘tdi.
Taqdimotdan so‘ng tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib oldilar.