Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Intermed kompaniyasi direktori o’rinbosari Saidganiyev Shavkat Saidkarimovich hamda Mindray Xitoy kompaniyasi vakillari Pavel Yang va Vera Tang bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv jarayonida UTT, Rentgen, Laboratoriya, Narkoz, IVl va xirurgik tibbiyot asbob-uskunalari ta’minoti bo’yicha kelishuv olib borildi. Mazkur jihozlarda ishlash, bemorga to’g’ri tashxis qo’yish borasida ham fikrlar almashildi.
Shuningdek, suhbat davomida mutaxassislar 2021-yil may oyida institut klinikasiga o’rnatilgan Mindray kompaniyasining 10 ta IVL va 7 ta narkoz apparatini ko’zdan kechirdilar, nosozliklar va ishlash faoliyati yuzasidan muhokamalar olib borildi.. Mazkur apparaturalar bo’yicha mutaxassislarni o’qitish va tajriba almashish bo’yicha ham kelishib olindi.