alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY KO‘RIKLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

16:53 21.06.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari 2019- yilning 21- iyun kuni Marhamat tumani TTBga qarashli  Ershi MFYda joylashgan  32-qishloq oilaviy poliklinikasi va Ibn Sino nomli  qishloq vrachlik punktlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.


Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog, infeksionist mutaxassislaridan iborat jami 51 nafar malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tibbiy ko‘rik bilan hududning 1745  nafar aholisi qamrab olindi. Ko‘rikda 124 nafar fuqaroda  surunkali xastaliklar  aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi.

Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan 10 nafar fuqaro yashash joylariga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi, 24 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 18 -dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha 48 nafar amaliyotchi talaba 175 ta xonadonda patronaj va tibbiy madaniyatni oshirish bo’yicha targ‘ibot olib borishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!