Yuqori bosqich talabalari oʻzlari yashayotgan xududlardagi tibbiyot muassasalarida besh oylik amaliyot jarayonlarini olib borishni boshladilar. Tibbiy profilaktika talabalari ham endi kasb sirlarini amaliyot bilan hamnafas holda oʻzlashtiradilar.
Tibbiy profilaktika yoʻnalishi xodimlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Fargʻona va Namangan viloyatlari boshqarmalarining rahbarlari bilan uchrashuv olib bordilar. Unda rahbarlarga talabalarning amaliyot joylaridagi sharoit va imkoniyatlarini mustahkamlash, ularni ustoz-shogird anʼanalari asosida kasbga yoʻnaltirish, amaliyotda faol ishtirok etishlari nazorati boʻyicha Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda ish olib borish mavzularida tavsiyalar berildi.