- Kafedra mudiri katta o‘qituvchi: MADUMAROVA ZARNIGOR SHUHRAT QIZI
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +998 (90) 210-97-00
- Email: zarnigor.madumarova90@gmail.com
«Tibbiy radiologiya» fani asosiy klinik fanlardan biri hisoblanib, uni bilish umumiy amaliyot shifokoridan tortib barcha ixtiyoriy klinik mutaxassislikdagi shifokorlar uchun zarurdir.
Tibbiy radiologiya kafedrasi 1958 – yili tashkil topgan bо‘lib, kafedrada t.f.n., dotsent V.N. Kochergin, A.M. Mayzlis va N.K. Kalinyuk, t.f.n., dotsent K.S. Atabekova, t.f.n. dotsent M.T. Tolipov, t.f.d. professor A.A.Ablyazov, D.Z.Mamarasulova kabi yetuk mutaxassislar faoliyat yuritgan.
Tibbiy radiologiya kafedrasi boshlanish davrda «Rentgenologiya va radiologiya» kafedrasi deb atalgan bо‘lib, 1958 – yilga qadar «Rentgenologiya va radiologiya» kursi sifatida institutning “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasi tarkibida bо‘lgan. Kafedra bazasi ADTI klinikasi binosida joylashgan edi.
Kafedra mustaqil ravishda 1959 – yili shakllangan bо‘lib kafedrani t.f.n., dotsent Vladimir Nikolayevich Kochergin boshqargan. Kafedrada kuchli pedagoglar jamoasi shakllandi: assistentlar A.M. Mayzlis va N.K. Kalinyuk, ikki nafar laborant va rentgen texnik ishlagan. Kafedra faqatgina RFM – 5, ARD – 110 rentgenodiagnostik va flyuorografiya qurilmasi bilan ta’minlangan edi.
K.S. Atabekova 1963 – yildan boshlab kafedra dotsenti 1967 – yildan tanlov asosida kafedra mudiri bо‘lib ish boshladi va 1985 – yilga qadar kafedrada faoliyat ko’rsatdi, ishlab kafedra taraqqiyoti uchun kо‘p ishlar qildi.
1969 – yildan boshlab kafedra assistenti sifatida Mirza Tolipovich Tolipov о‘z faoliyatini boshladi va 1989 – yilda kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda 2011- yilgacha ishlab keldi va 2011- yil 26 – mayda kasalligi tufayli vafot etdi.
2011 – yildan kafedraga «Klinik radiologiya, onkologiya va ftiziatriya» kursi kafedrasi nomi berildi va kafedra mudiri bо‘lib t.f.n., dotsent Mamarasulova Dilfuza Zokirjanovna tayinlandi. Dilfuza Zokirjonovna kafedra mudiri vazifasida 2023 – yilgacha samarali ishlab keldi va kafedra faoliyatida о‘z mehnatlarini ayamadi.
2023- yildan kafedraga tibbiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), Z.Sh.Madumarova rahbarlik qiladi. Z.Sh.Madumarova 150 dan ortiq ilmiy ishlar va 10 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari muallifi.
Hozirgi kunda kafedra ilmiy salohiyatini 2 nafar tibbiyot fanlari doktori, 1 nafar tibbiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori tashkil etadi. Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Chanoq-son bo’g’imi kasalliklarida radiologik tashxisotni takomillashtirish, onkologik kasalliklar erta tashxisoti, COVID-19 kasalligida erta tashxis qo’yishni optimallashtirish va umurtqa pog`onasi nur tashxisotini o’rganish”ga qaratilgan. Kafedrada «Tibbiy radiologiya» yo’nalishi bo’yicha magistr va klinik ordinatorlar bilan ishlar olib boriladi. Kafedrada magistratura yo’nalishi tashkil etilgandan boshlab 50 dan ortiq rezidentlar yakunlab, muvaffaqiyatli ravishda O’zbekiston Respublikasini sog’liqni saqlash tizimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning 70% dan ortiq assistant-o’qituvchilari ushbu kafedraning «Tibbiy radiologiya» magistratura yo’nalishining bitiruvchilari hisoblanadi.