alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Tibbiyot gulshani” gazetasi g‘oliblar qatorida

11:47 05.09.2020

Andijon shahrida “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ijod ahlining qo‘shayotgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritilib, yurtimizda ijodkorlarning samarali ijod qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Tanlov ishtirokchilari boy tariximiz, xalqimizning urf-odatlari, milliy qadriyatlarini badiiy asarlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining jurnalistik ijod namunalari, fotografiya, dizaynerlik ishlari hamda tasviriy san’at asarlari orqali ko‘rsatib berdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha yozuvchi Vosit Ahmad (Abduvosit Ahmadxonov), teleradio yo‘nalishi bo‘yicha Andijon viloyati teleradiokompaniyasi muharriri Elmira Rahmonova, bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va ijodkorlarining jurnalistik ishlari yo‘nalishi bo‘yicha “Paxtakor” gazetasi xodimi Mahmudjon Rustamov, tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, musavvir Murodjon Umarov taqdim etgan asar va ijodiy ishlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti tasarrufidagi “Tibbiyot gulshani” gazetasi tanlovning bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Gazeta muharriri Ra’noxon Xayitboyeva qimmatbaxo esdalik sovg’alari va diplom bilan taqdirlandi.
“Tibbiyot gulshani” gazetasi tahririyatiga bundanda ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!