Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot hodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan:
🏫Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,
🏫 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,
🏫Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,
🏫Toshkent farmasevtika instituti,
🏫Toshkent davlat stomatologiya instituti,
🏫Andijon davlat tibbiyot instituti,
🏫Buxoro davlat tibbiyot instituti,
🏫Samarqand tibbiyot institutining
bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.
©️ Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi