Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda

16:49 22.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 18-sentabrdagi  “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, kasallikni tarqalishining oldini olish bo‘yicha tibbiy xodimlarni o‘qitish va kasbiy malakasini oshirish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi №130-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.


Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan Andijon viloyati shifoxonalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning kasbiy malakasini oshirish Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori muovini M.S.Qasimova boshchiligidagi ishchi guruh va ADTI professor-o‘qituvchilari tomonidan  olib borilmoqda.


Shifokorlarning kasbiy malakasini oshirish yuzasidan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar ko‘rgazmali vositalar, zamonaviy axbort texnologiyalardan unumli foydalangan holda o‘tkazilayotganligi uchun tinglovchilarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda.

    Davolash (amaliyot) bo‘limi

Skip to content Click to listen highlighted text!