Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDA SIMULYATSION TAʼLIMNI TASHKIL ETISH VA UNING ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

19:56 24.10.2022

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion taʼlimni tashkil etish va uning istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va mahorat darslari  o’tkazildi.

Dastavval, anjumanning Plenar kengashi boʻlib oʻtdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov institut rektorining tabrik soʻzini oʻqib eshittirdi. Shuningdek, ROSOMED ijrochi direktori, prezidiumi boshqaruvi raisi A.Kolsh, “Koorporativ tibbiyot markazi” kompaniyalar guruhi bosh direktori S.Antipov ham oʻz tabrik soʻzlari bilan ishtirok etdilar.

Plenar kengash davomida soha mutaxassislari tomonidan 6 ta maʼruza tinglovchilarga taqdim etildi. Shundan so’ng, konferensiya 2 ta seksiyaga bo’lingan holda davom etdi. 1-seksiyada Rossiya, Qozog’iston kabi davlatlardan hamda mamlakatimizning qator viloyatlaridan kelgan mutaxassislar o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

 

Konferensiya ishtirokchilariga: “Simulyatsiya markazini boshqarish. Simulyatsiya oʻquv dasturini ishlab chiqishga yondashuvlar. Fundamental tibbiyot fakulteti tajribasi”, “Taʼlim tizimida davlat-xususiy sherikchiligi: qoʻshma taʼlim dasturlari”, “Tezkor va shoshilinch tibbiy yordamda zamonaviy texnologiyalar”, “Metaversda tibbiy taʼlim”, “Wetlab oʻquv operatsion xonasi simulyatsiya markazining tuzilmasi sifatida. Imkoniyatlari, zarurati va istiqboli”, “Shifokor amaliyotida bemor bilan muloqot: klinik tibbiyot sohasi va oʻquv fani sifatida”, “Zamonaviy sharoitda akusher-ginekolog shifokorlarni  laparoskopiya boʻyicha oʻqitish tajribasi”, “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim isbotlangan tibbiyot nuqtai nazaridan” kabi mavzulardagi ma’ruzalar online hamda offline tarzda yetkazildi.

2-seksiya avvalida Andijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Life support team” jamoasi tomonidan konferensiya ishtirokchilariga amaliy mashgʻulot taqdim etildi. Unda jamoa a’zolari favqulodda vaziyatlarda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish usullarini amaliy mashqlar yordamida koʻrsatib berdilar.

Shundan so’ng, “Murakkab nafas yoʻllari vaziyatida zamonaviy harakat algoritmlari”, “Yurak-oʻpka reanimatsiyasida trenerlar treningi va oʻqituvchi oʻrnini bosuvchi texnologiyalar”, “Yurak oʻpka reanimatsisida xalqaro algoritmlar” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi. Konferensiya soha mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan master klasslar bilan yakunlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!