“Tibbiyotda simulyatsion ta‘limni tashkil etish va uning istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va mahorat darslariga marhamat – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Tibbiyotda simulyatsion ta‘limni tashkil etish va uning istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va mahorat darslariga marhamat

21:21 16.09.2022

2022-yil 24-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Tibbiyotda simulyatsion ta‘limni tashkil etish va uning istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va mahorat darslari bo’lib o’tadi. Unda simulyatsion o’quv markazlar rahbarlari va tyutorlari, tibbiyotda simulyatsion ta’lim mutaxassislari, tibbiyot oliygohlari rahbarlari va o’qituvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinatorlar, barcha profildagi tibbiyot mutaxassislari ishtirok etadi.

Ma’ruza va mahorat darslari dasturi:

  1. Simulyatsion o‘quv markazlarni tashkil etish tajribalari: zamonaviy simulyatsion markaz.
  2. Tibbiy ta’limda simulyatsion texnologiyalar.
  3. Tibbiy ta’limda VR-texnologiyalar;
  4. Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar, istiqbollar;
  5. Tibbiy ta’limda kommunikativ kompetentlik.

Ma’ruza va mahorat darslarida ishtirok etishga taklif qilamiz!

 

Skip to content Click to listen highlighted text!